avatar
Куч
828.98
Рейтинг
+298.91

Shirin Alovitdinova

Мақолалар

Bahor.

Блог им. shirincha2011

Oshiqaman sen tomon,


Mushtoq qalb senga hamon,


Sog’indim juda yomon,


Intizoringman bahor!


 


G’unchalar kabi kulsam,


Shabnam labida o’lsam,


Gar suvsiz qolib so’lsam,


Bir bemoringman bahor!


 


Hushboy gullarning bo’yi,


Qalbimning nafas uyi,


Kel qilamiz gul to’yi,


Gulag zoringman bahor!


 


O’zbegim gulyuzlari.

Блог им. shirincha2011

Dudoqlari misoli g’uncha,


Ko’zlarida sehri mujassam.


Yanog’ida bir dona holcha,


Nigohida mehri mujassam.


 


Kamon qoshga qaldirg’och shaydo,


Kipriklari nayza misoli.


Qosh, kiprikka oshiqlar paydo,


Axir ular kumush timsoli.


 


Qaro ko’zlar tundanda qaro,


Also shafqat neligin bilmas.


Qarashiga qancha dil aro,


Shaydolarga bir javob qilmas.


 


Farishtadir har bitta go’zal,


O’zbegimning anor yuzlari.


Jamoliga bitarlar g’azal.


Lol qoldirar xumor ko’zlari.


 


 

Onajonginam

Блог им. shirincha2011

Dilim ta’rifingiz aytmoqlik uchun,


Yuzlanar har sahar qog’oz, qalamga.


Qalb to’lmaydi go’zal so’zlardan nechun,


Har kun yuz tutaman ming bor alamga.


 


Shodon yuzlaridan taraladi nur,


Olamni nafaslik, go’zallik bezar.


Sizsiz asl farishtam, baxtim yulduzi,


Siz sabab qalbimda halovat kezar.


 


Ohista qadamlar tuproq rohati,


Tabassumingizdan ochilgay gullar.


Shubhasiz, yashnatar hazon bog’larni,


Boshim silab duo qolgan bu qo’llar.


 


Qaniydi, jonimdan bitaman bir bayt,


Fido bo’lsin sizga arzimas jonim.


Aytilmagan sara go’zal so’zlardan,


Misralar topolsam baxtli har onim.


 


Dildagi ahdimdan baxtingiz quray,


Baxtingiz quliman, jonajonginam.


Ko’zlarim gavhari, umrimga ma’no,


Rohat-u savobim onajonginam.


 


Farangiz Ne'matova.

Samarqand qiziman

Блог им. shirincha2011

Yuraklar tuyg’ular isyon qiladi,


Meni mag’rurlikka ildam suradi,


Qalbimga orzular makon quradi,


Ko’hna Samarqandim qo’llab turadi.


 


Har nafas yodimda Yurtim ishonchi,


Bir hovuch tuprog’I kaftim quvonchi,


Sensiz qanday she’rlar bitaman, ayt-chi,


Ko’hna Maroqandim – umrim tayanchi.


 


Tarixing jahonda mash’ala yoqqan,


Tuprog’ida ulug’ bobolar yotgan,


Har yerda ularning izlari qotgan,


Men ulug’ zotlarning boqiy iziman.


 


Shoirlar kuylasa madhingni har dam,


Baxtimga teng emas tillo zarlar ham,


Shodlikdan tasanno aytsam – go’yo kam,


Men o’zbek qiziman, Samarqand qizi.


 


Yurtimning ta’rifi tillarda doston,


Ziyoga burkangan serquyosh makon,


Ahli baxtga to’lib quvlagan ondir,


Men o’zbek qiziman, Samarqand qizi.


 


Farangiz Ne'matova.

Xumorim, Vatan

Блог им. shirincha2011

Vatan, deb kuylarkan xushovoz bulbul,


Unga jo’r bo’larkan sochlari sunbul.


Gul Vatan yashnarkan baxtidan toshib,


Farzandi qucharkan qizg’anib shoshib.


 


Chamaning jamoli yuragim zarbi,


Xush ifor gullaring onamning atri.


Ko’zlarim parvona yonib ishqingda,


Betakror hurliging she’rlarim satri.


 


Har maysa, daraxting iltifot ila,


Shodlanib baxtidan aytar kaloming,


Seni, deb hayotman, xumorim, Vatan,


Qalbim har zarbida aytadi noming.


 


Tiz cho’kib, bosh egib, turib qoshingda,


Jonimni joningga payvand qilaman.


Yurakda ulug’im, sen nodirimsan,


Men seni dunyoda tanho bilaman.


 


Seni baxtim deya, atadim Vatan,Xumorim, Vatan…


 


Farangiz Ne'matova

Shiorim o’zing

Блог им. shirincha2011

Barq urgan rayhonlar iforida sen,


Mehridaryo onamning quchog’ida sen,


Umid-la boqqan ko’zlar qarog’ida sen,


Vatan, dilda kuylagan ash’orim o’zing.


 


Shoirlar kuylagay madhingni har dam,


Qancha yonib sevsam ham, bo’lar bari kam.


Noming ulug’laymiz birga bo’lib jam,


Farzandim tildan qo’ymas shiorim o’zing.



Bahor

Блог им. shirincha2011

Oshiqaman sen tomon,


Mushtoq qalb senga hamon,


Sog’indim juda yomon,


Intizoringman bahor!


 


G’unchalar kabi kulsam,


Shabnam labida o’lsam,


Gar suvsiz qolib so’lsam,


Bir bemoringman bahor!


 


Hushboy gullarning bo’yi,


Qalbimning nafas uyi,


Kel qilamiz gul to’yi,


Gulag zoringman bahor!


 


Yaproqla yuzim silay,


Allohdan ko’rking tilay,


Husningga ta’zim qilay,


Yo’qqa boringman bahor!


 



Siz bilan munavvar olam

Блог им. shirincha2011

Ko’rku nafosatin ta’riflash mahol,


Go’zallik, poklikka eng loyiq timsol.


Mehru muhabbati chashmadek zilol,


Sadoqat vafoga har doim misol.


Chin so’zni aytganda olmangiz malol,


Dunyoda eng aziz siymodir ayol.


 


Qalblami yashnatar guldek nafasi,


Olamda yagona mehrin shu’lasi.


Yaratganni bizga ulug’ tuhfasi,


Baxtiyor onlaming orzu-havasi.


Hamisha ortidan nur sochgan bahor,


Dunyoda eng aziz siymodir ayol.



Nutq madaniyati va so’z sehri

Блог им. shirincha2011

So’z – qurol, maqsad esa ko’ngil, ko’ngil o’rtanmasa, ehtiroslarga to’lmasa, so’zda ta’sir bo’lmaydi.


                                                                                                                 (Jaloliddin Rumiy)


 


    Nutq madaniyati inson tafakkurining mahsuli bo’lib, jamiyat madaniy hayotining va millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Nutq madaniyati kishilarni o’zaro to’liq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir.


    Nutq madaniyati tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, nutq madaniyati haqidagi ta’limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo’lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilion va Hindiston mamlakatlarida paydo bo’lganligi notiqlik san’ati tajribasidan va tarixidan ma’lum. Bu davrda hokimiyatdagi davlatni boshqarishning, savdo-sotiqning va sud ishlarining, nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga ko’tardi. Chunki u paytda davlat arboblarining obro’-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko’tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog’liq bo’lgan.


 


    O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o’ziga xos mavqega ega. Sharqda, shu jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya’ni va’zxonlik “Qur’on”ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda so’zning ahamiyati, ma’nosi va undan o’rinli foydalanish borasida ko’p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa “nutq odobi”, “muomila madaniyati” nomlari bilan yuritilib kelingan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar va ziyolilarning diqqatini tortgan. Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, So’fi Ollayor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar nutq odobi masalariga, umuman, nutqqa jiddiy e’tibor berishga da’vat etish bilan birga tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqqa oid asarlar yozdilar. Masalan, Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” drammasida shunday satrlar bor: