avatar
Куч
828.98
Рейтинг
+298.91

Shirin Alovitdinova

Мақолалар

Анонс

ОЎМТВ ҳузуридаги "Маънавият ва маърифат" маркази
Илм-фан

    Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги “Маънавият ва маърифат” маркази “Маънавият тарғиботи” гуруҳи томонидан апрель ойида олий таълим муассасалари Устоз-мураббийлар кенгаши раислари учун “Устоз-мураббийлар Кенгашининг маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини оширишдаги аҳамияти” мавзусида ўқув-семинар ўтказилиши режалаштирилган. Ўқув-семинарда Устоз-мураббийлар кенгаши фаолиятидаги ютуқ ва муаммолар ўрганилиб, таҳлил этилади.


 


    Ушбу ўқув-семинарда олий таълим муассасалари Устоз-мураббийлар кенгаши раислари ва профессор-ўқитувчилари ўз маърузалари билан иштирок этишлари мумкин. Барча қизиқувчиларни ушбу ўқув-семинарга таклиф этамиз! Мурожаат учун телефон: 246-95-43 (Ўткир Ражабов)

Anons

ОЎМТВ ҳузуридаги "Маънавият ва маърифат" маркази
Илм-фан

    2013-yil 27-mart kuni soat 14.30da oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazida «Asarlarda vatan madhi» mavzusida badiiy asarlar targ'iboti o'tkaziladi. Tadbirda O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti, O'zbekiston Milliy Universiteti va Toshkent Davlat Texnika Universiteti kabi ta'lim muassasalaridagi adabiyot bilan qiziqadigan va ijodkor talabalar hamda ta'lim muassasalarining hodimlari ishtirok etishadi.


    Manzil: «Yoshlik» talabalar shaharchasi, Talabalar ko'chasi, 70-uy.

Nyutonnikida mehmonda.

Блог им. shirincha2011

    Nyuton butun dunyoga mashрur buyuk olim. U Angliyadagi kambag’al bir oilada tug’ilgan, bolaligidan aqlini ishga solishni yaxshi ko’rgan, o’qishga, ishga borini bergan.


 


    Bir safar, Nyuton uyiga mehmonlarni taklif qilibdi. Mazali ovqatlarni tayyorlab bo’lsa ham, mehmonlar hali kelishmabdi, u darhol ish kabinetiga tajriba o’tkazgani ketibdi. Mehmonlar kelib, juda uzoq kutishibdi, Nyuton hali ham ish kabinetidan chiqmabdi. Mehmonlarning hammasi uning fe’lini bilishar edi: U ishlashni boshlaganda hamma narsani boshidan chiqarib tashlaydi; agar o’sha payt uni bezovta qilishsa, u xafa bo’lishi mumkin.


 


    Nima qilish kerakligi haqida mehmonlar rosa gaplashishdi, bir ovqatlanib, bir uni kutishga qaror qilishdi. Mehmonlar hamma narsani yeb bo’lishdi, Nyuton esa hali ham chiqmadi. Mehmonlar yana uzoq kutishdi, Nyuton hali ham chiqmadi. Boshqa choralari qolmagach, mehmonlar sekin-sekin tarqalishdi.


 


    Nyuton ish kabinetida kutilmaganda mehmonlarni kutib olishi esiga tushdi, shoshilib yugurib chiqib, bir qarasa stoldagi ovqatlar allaqachon yo’q edi, shunda o’ziga o’zi gapirib: — Men yana mehmonlar kelishini unitib qo’ydimmi deb o’ylabman, aslida men mehmonlar ovqatlanib bo’lganidan so’ng, ularni kuzatib yuborganman, mehmonlar hammasi ketishdi-ku, — deb gapini tugatib, u yana ish kabinetiga tajriba o’tkazgani ketdi.


 


Xitoy tilidan Shirin Alovitdinova tarjimasi.

Yurtimda bahor shukuhi …

Блог им. shirincha2011


 


 BAHOR TILAKLARI


 


Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan,


Shoirlar bahorni kuylar azaldan?


 


Oshiqlar zangori kenglikka boqib,


Qo‘shiqlar aytadi bag‘rini yoqib.


 


Tabarruk chollarning chakkasida gul,


Momolar o‘yida bahordir nuqul.


 


Bir lahza yasharar qarri qo‘rg‘onlar,


Ajib dilbar bo‘lib qolar insonlar.


 


Ha, bahor misrasi menda ham talay,


Bu holning boisi bordir harqalay.


 


Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on,


Bag‘rida hozircha turfa hol pinhon.


 


                                          Abdulla Oripov                                                       


 


 



Ayol ma’naviyati mustahkam oila negizi

Блог им. shirincha2011

    Ayol zoti o’zining nafosati va latofati, muhabbat va sadoqati, onalik mehri bilan Yaratganning tengsiz mo’jizasidir. Ko’ngillar farishtasi, xonadon chirog’i, oila tayanchi bo’lmish ayol siymosi xalqimiz tasavvurida azal-azaldan ezgulik timsoli bo’lib kelgan. Buning tasdig’ini tariximizda, hayotimizda, mumtoz adabiyotimizda ko’plab misollarda yaqqol ko’rish, kuzatish mumkin.


    


     Bu haqda so’z yuritar ekanmiz, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir” degan so’zlari zamirida naqadar chuqur hayotiy falsafa mujassam ekanini anglash qiyin emas.Ayollari e’zozlangan, qadrlangan yurtda yashar ekanmiz, har bir sohada xotin-qizlarga ko’rsatilayotgan ehtirom va e’tiborni ko’rib turibmiz. 2012-yilning “Mustahkam oila yili” deb nomlangani ham, nozik xilqat vakillariga bo’lgan ishonch, avvalo, o’g’il-qizlarni Vatanimizga munosib xizmat qiladigan farzandlar etib voyaga yetkazishni o’zi uchun oliy maqsad deb bilgan muhtarama onaxonlarga, ular timsolida barcha xotin-qizlarga bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.



“Asrlar sadosi” – an’anaviy san’at festivali endi Navoiy viloyatiga yo’l oldi.

Блог им. shirincha2011

   


    Fond Forumning ulkan loyihalaridan biri –  “Asrlar sadosi” an’anaviy madaniyat festivalida O’zbekistondagi  turli xalqlarning an’ana va urf odatlari, amaliy san’ati, milliy oshxonasi, noyob og’zaki va nomoddiy merosi namoyish etiladi. Asrlar sadosi festivali har yili O’zbekistonning turli hududlarida turli mutaxassislar, olimlar va xalqaro mehmonlar ishtirokida bo’lib o’tadi.



Diydor istab

Блог им. shirincha2011

Diydorim ilinji ko’zim intizor,


Mushtoqman qadrdonim go’zal vasliga.


Ko’zlarim gezlaydi erta-kech zor-zor,


Hech kimsa o’zshamas uning asliga.


 


Tonglari sog’inchim kulib uyg’otsa,


Hush yoqar qalbimga erkalashlari.


Tunlari tuyg’uning bag’riga otsa,


Jonimni titratar sho’z qarashlari.


 


Kun sayin sog’inchlar toshar qalbimdan,


Mushfiqman husniga dilim mushtarak.


Mehribonim zor etma so’zlay dardimdan,


Diydor istab bo’ldim ming joni halak.


 


Keling vayronamga koshona bo’lsin,


Oxista qadamlar fayz olib kirsin.


Shu faqir qalbim siz ila bo’lsin,


Sog’inchlar sabrimga mukofot bersin.

Ayol…

Блог им. shirincha2011

Ayol mukarramdir, munisdir ayol,


Har nafas bolam deb suradi hayol.


Quyoshdir, olamni yoritgan nurdir,


Parilar ichra u betakror hurdir.


 


Qayg’usin bildirmas dardlarin yutib,


Har lahza yorini intizor kutib.


Onadir, mehribon Benazir inson,


Oilam deb yashar hamisha har on.


 


Ibosi berkitar ishq oynasini,


Ko’zlari sezdirmas hech nolasini.


Azizdir har qachon qutlug’ qadamdir,


Dunyo e’zozlagan ulug’ odamdir!!!


 

Mustahkam oila

Блог им. shirincha2011

Mustaqil o’lkamning yo’qdir qiyosi,


Dono xalqi uning asli ziyosi.


Oydek kelinlari hayo-ibosi,


Mustahkam oila vatan ishonchi,


Zukko farzandlari uning tayanchi.


 


Duodan charchamas bobjonlari,


Farishtadir asli buvijonlari.


Nabira farzandlar tanu-jonlari,


Mustahkam oila vatan ishonchi,


Zukko farzandlari uning tayanchi.


 


Oilada totuvlik, bo’lsin ahillik,


Qo’shni o’rtasida bo’lmas baxillik.


Har kim ko’nglin olar dono, aqllik,


Mustahkam oila vatan ishonchi,


Zukko farzandlari uning tayanchi.

Hayot fasllari

Блог им. shirincha2011

Kuz butun borliqqa yoyganda xazon,


Gulchehralar ma’yus tortgan ul zamon,


Hayotda ishonchin yo’qotgan inson,


Olg’a yur, egilma, egilma inson.


 


Balki, bu hayotning sinovlari ko’p,


O’tish kerak bo’lgan so’qmoqlari ko’p.


Biroq egilmaylik biz bu hayotda,


Olg’a intilaylik, har dam har vaqtda.


 


Oshib o’taylik gar bo’lsa ko’p dovon,


Do’stlardan ajralib hamma har tomon,


Aksincha birlashib bo’lib tan-u jon,


Olg’a kelajakka intildin inson.


 


Hayot fasl kabi almashib borar,


Gohi qish bo’lsa ham, gohi yoz bo’lar.


Qancha intilsak gar bahor-u kuzga,


Hayotimiz shuncha rang-barang bo’lar.


 


Farangiz Ne'matova.

Bolalik

Блог им. shirincha2011

Bolalik chog’larni xotirlab asta,


Uyg’onar tabassum har go’zal yuzda.


Qo’msaydi qalbimiz homush ohista.


Yurak eslab kuyar har ikki so’zda.


 


Tashvishu g’amlardan yiroqda edik,


Sho’x-shodon o’ynardik chang ko’chalarda.


Ko’kdagi bepoyon yulduzchalarni,


Sanab qizg’onardik tun kechalarda.


 


Beg’ubor bolalik beboshligimsan,


Qalblarda gullagan sevimli lola.


Bugun yod etarmiz tabassum ila,


Yuraklardan chiqar sog’inchli nola.


 


 

Navro'z muborak aziz yurtdoshim!

Блог им. shirincha2011

Qish qahratonidan bezillagan qalblar-u, go`zallikka tashna ko`zlar, mag`rur qorli tog`lar boshidan sizayotgan sho`x jilg`alar, ko`ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan  pushtirang bodom gullari, moviy osmon-u undagi qatot-qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahordan darak bermoqda. Barchamiz hayotimizning  go`zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor ham yoshlik,  ham go`zallik timsoli. Aziz yurtdoshim! Barchangizni fasllar kelinchagi bo’lmish bahor hamda kirib kelayotgan Navro’z ayyomi bilan ZiyoNET axborot  ta’lim tarmog’i hodimlari nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz!


 


Оммавий коммуникация: назарий ва амалий талқинлар

Блог им. shirincha2011

                                                                                                                                               Жорий йилнинг 13 март куни Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети халқаро журналистика факультети “Аудиовизуал журналистика ва оммавий коммуникация” кафедраси ташаббуси билан “Оммавий коммуникация: назарий ва амалий талқинлар” мавзуида республика илмий-амалий конфренция ўтказилди.


 


    Тадбирдан кўзланган мақсад ҳозирги кунда долзарб масалага айланиб улгурган оммавий коммуникациянинг муҳим жиҳатларини ёритиш, ҳамда тадбиқ этишдан иборат.



Ne foyda

Блог им. shirincha2011

Tug’ilsam bag’riga bosib, “bolam” bolam deganim o’zing,


Qaynoq mehrin ayamasdan, mehr berganim o’zing,


Mard bo’lishni o’rgatgan, Vatan, merganim o’zing,


Qalbda ishqim bo’lmasa gar, qalam olish ne foyda,


Yurtim, madhing kuylamasam shoira bo’lish ne foyda.


 


Beshigingda uxlamasam “alla” aytganim sensan,


Qalbga iymon nurin solib, Alloh deganim sensan.


Ilk qadamim qattiq quchib qoqilmasin, degansan,


Dilda ishqim bo’lmasa gar, qalam olish ne foyda,


Vatan qadring so’zlolmasam, shoira bo’lish ne foyda.


 


Qo’lga qalam tutqazib yozib ilk so’zim – Vatan,


Men uchun o’zing yagona, o’zing tanho jon-u tan,


Yonib-kuyib barilla kuylasam noming harchand,


Qalbda ishqim bo’lmasa gar, qalam olish ne foyda,


Yurtim, madhing kuylasam shoira bo’lish ne foyda.



“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Milliy internet tanlovi”

Блог им. shirincha2011

    “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining www.kamolot.uz sayti negizida tashkil etilgan  “Milliy internet tanlovi” nomli tanlov o’tkazilish arafasida. Ushbu tanlov  “Sog’lom axborot muhiti sari”  shiori ostida      foydali va ijobiy Web resurslarni ko’paytirish  hamda qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilmoqda. Bu tanlovni o’tkazishdan maqsad  yoshlar uchun mo’ljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, ko’paytirish, mavjudlarini aniqlash va rag’batlantirish, veb-resurslarni yaratuvchilar diqqat e’tiborini internet texnologiyalaridan mas’uliyatli, axborot madaniyati talablari doirasida hamda xavfsiz foydalanish muammosini hal etish, internetning yoshlar uchun mo’ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.



Teatr - ma'naviyat ko'zgusi

Блог им. shirincha2011

    OO’MTV huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Muqimiy nomidagi O’zbek davlat musiqali drama teatri va O’zbekiston Milliy Universiteti bilan birgalikda “Teatr ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zMUning “ma’naviya va ma’rifat” bo’lim prorektori, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrining yosh va iqtidorli aktyorlari va shu teatrda anchadan beri faoliyat yuritib kelayotgan ustoz aktrisalar  ishtirok etishdi.


 


   Tadbir boshida “zamon qahramoni kim?” degan savol yuzasidan bahs munozaralar bo’lib o’tdi. Hozirgi kunda qiziqarli mavzu bo’lganligi uchun ham savollar va shaxsiy fikrlar ko’p bo’ldi. O’zMUning Falsafa fakulteti talabasi Mahkamov Izzatning fikricha, kino olamida zamon qahramoni B. Yo’ldoshev, Z. Musoqov va A. Shahobiddinov kabi rejissorlarimizni keltirib o’tdi. Ular suratga olgan filmlarning barchasida kuchli g’oya mavjud. Ularni dunyo miqyosiga olib chiqish uchun sa’y-harakatlar avjida. Muqimiy nomidagi O’zbek davlat musiqali drama teatrining yosh aktyorlarining fikricha,  har bir inson zamon qahramoni bo’la olishi mumkin. Yuragida shijoati, g’ayrat va intilishi bo’lgan shaxslar kelajakda nimagadir erishsalar, demak  zamon qahramoni bo’la oladi. Uning qarashlarida zamon qahramoni katta-katta g’oyalar bilan yashaydi. Tadbirda hozirgi kundagi kassabop filmlar va milliy seriallar hususida ham so’z bordi. Undan tashqari hozirgi kundagi eng og’riqli nuqtalaridan bo’lmish saviyasi past filmlarning saviyasi oshishi uchun nima qilinishi kerak va nimalar qilinayotgani haqida bahs-munozaralar olib borildi.



O’zbek tilining hozirgi kundagi mavqei

Блог им. shirincha2011

    Har bir xalqning benazir ma’naviy boyliklaridan biri, shubhasiz, uning ona tilidir. Zotan, til odamlarni millat sifatida birlashtiradi, ya’ni xalqning o’zligini namoyon qiladi. Shuning uchun ham insoniyat madaniy hayotining shakllanishi va taraqqiyotini tilsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Zamonlar evrilishlari, bemisl taraqqiyot mezonlari dastavval til orqali ifodalanadi. Binobarin, davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, “…O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.


 


    Har qanday odam o’z Vatanini ona tili orqali taniydi, dunyoni ham, o’zini ham shu ulug’ kuch vositasida anglaydi. Onasidan  birinchi so’zni o’rgangan go’dakni ko’z oldimizga keltiradigan bo’lsak, u shu so’z bilan ona tili sari ilk qadamini tashlaydi. Ona tili esa uning qo’lidan tutib asta-sekin olam sari yetaklab ketadi. Tili chiqayotgan go’dak bilan boshqa tilni o’rganayotgan katta odamni solishtirib qaraydigan bo’lsak,  til o’rganayotgan odam o’sha tilning qonun qoidalarini yillar mobaynida uning ikir-chikirlarigacha o’qib o’rganadi. Shu tilni tushunish, unda gaplashish uchun qattiq mehnat qiladi. Aqlini, xotirasini ayamay ishlatadi. Tili chiqayotgan bola esa hech qanday qiyinchiliksiz, Ona tilini aql bovar qilmas darajada tez, ko’z ochib yumguncha o’zlashtiradi. Unga hech kim  bu tilning grammatikasini va boshqa qoidalarini o’rgatib o’tirmaydi. U hammasini o’zi anglab oladi. Bunga sabab ona tili uning qonida bor, ruhida bor, uning jonida shu til yashamoqda. Ona tili shuning uchun ham aziz va muqaddas.



So’zingni avayla – uzayar yoshing.

Блог им. shirincha2011

Tabiat in’omi, mo’jizadir so’z


So’z – olov, so’z – orom, so’z – qaytmas botir.


So’z deganda olisga hatto otmas ko’z


Dunyoni qaytadan tuzmoqqa qodir.


 


    Inson o’z maqsad va orzularini so’z bilan ifoda etadi, mehru sadoqati va muhabbatini bildiradi. Pok dillardan samimiy so’zlar chiqadi. Samimiylik so’zning ta’sir kuchini oshiradi, boshqalar qalbiga tezroq yetib boradi. Samimiy aytilgan achchiq haqiqatlar, achchiq so’zlar eshituvchining izzat-nafsiga tegmaydi. Har bir so’zni yetkazish yo’llari, har bir jumlaning ta’sir chegarasi bor. Xoh katta, xoh kichikka salom berib o’tishdan tortib, “Sog’-salomat yuribsizmi?” degan so’zlargacha turli-tuman munosabat va kayfiyatlarni ifodalaydi. Til suyaksiz bo’lsa ham suyakni  tebratadigan xosiyatga ega. Odamning odobli ekanligi, avvalo tili bilan, keyin tili orqali ko’rinadigan bilimi bilan o’lchanadi.


 


Mehrning chirog’i

Блог им. shirincha2011

Mayin shabbodaning titroq labida,


Bir tomchi shabnamdek baxtdan uchaman.


Har inson qalbining gul chamanida,


Rayhondek hush ifor gulni quchaman.


 


Mehr to’la qalblarning ummonidan men,


Chashmai ziloli suvin ichaman.


Har kimga yarashgay mehr libosi,


Shu matodin sizga ko’ylak bichaman.


 


Ul darmon qalbimga, madordir beshik,


Har shahlo ko’zlarga ziyodir sehri.


Qalblarda qaynasin mehr bulog’i,


Sira ham so’nmasin mehr chirog’i.


 


Farangiz Ne'matova.